1/10

Sheʼrni ifodali oʻqing!

Oʻqishni bilsang oʻzing
Alifboni bilaman,
Harflarni tanidim.
Kitobimni oʻzim ochib,
Ertakni oʻqidim.
Endi kutib turmayman,
Oyimni chorlamayman.
Buvimdan ham soʻramay,
Oʻzim varaq ochaman.
Qanday yaxshi, qanday soz —
Oʻqishni bilsang oʻzing!
Kitob — sirli bir olam,
Unga termilar koʻzing.
Tinglab, oʻqing